Afrikada 100 milliondan ortiq inson oziq - ovqatga zor

Qit’adagi to‘qnashuvlar, xavfsizlik muammolari, chigirtka bosishi, iqlim o‘zgarishlari, sel falokatlari va iqtisodiy muammolar yuzasidan Afrikada 100 milliondan ortiq inson oziq - ovqatga zor.

1622630
Afrikada 100 milliondan ortiq inson oziq - ovqatga zor

Xalqaro Qizil yarim oy va Qizil xoch jamiyatlari federatsiyasi hisobotiga ko‘ra qit’adagi to‘qnashuvlar, xavfsizlik muammolari, chigirtka bosishi, iqlim o‘zgarishlari, sel falokatlari va iqtisodiy muammolar oziq - ovqat inqirozining avj olishiga yo‘l ochgan unsurlar qatorida o‘rin olgan.

Afrikada 100 milliondan ortiq kishining oziq - ovqat inqiroziga duch kelganini ifoda etgan Xalqaro Qizil yarim oy va Qizil xoch jamiyatlari federatsiyasi, yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasining ham bir necha mamlakatda nomi tilga olingan muammoni orttirganini ifoda etdi.  

Oziq - ovqat inqiroziga eng ko‘p duch kelgan mintaqalar Janubiy Sudan, Somali, Efiopiyaning Tigray viloyati, Chad ko‘li havzasi, Burkina-Faso, Mali va Niger chegarasi deb qayd etildi.


Tanlangan kalimalar: #Afrika , #oziq-ovqat

Aloqador xabarlar