Buyuk Britaniya Afg‘onistondan barcha harbiylarini olib chiqib ketadi

AQShning qaroridan so‘ng Buyuk Britaniya ham Afg‘onistondan barcha qo‘shinlarini olib chiqib ketishini e'lon qildi. Bu haqda Britaniya tashqi ishlar vaziri Dominika Raab bayonot berdi.

1621771
Buyuk Britaniya Afg‘onistondan barcha harbiylarini olib chiqib ketadi

 

AQShning qaroridan so‘ng Buyuk Britaniya ham Afg‘onistondan barcha qo‘shinlarini olib chiqib ketishini e'lon qildi.

Bu haqda Britaniya tashqi ishlar vaziri Dominika Raab bayonot berdi.

Uning ta’kidlashicha, Britaniya Afg’onistonda xizmat qilgan harbiylarini xavfsiz ravishda olib chiqib ketilishini qo’llab-quvvatlaydi. Britaniya Afg’onistonda tinchlik o’rnatish, uning kelajagi porloq davlatga aylanishini ta’minlash uchun NATO va Afg’oniston xalqi bilan birga.

Britaniya mudofaa vaziri Ben Vallece ham yozma bayonotida “Afg’oniston xalqi kelajagi porloq davlatda tinch-totuv yashashga loyiq”,-dedi.

“Afg’onistondan harbiylarimizni olib chiqib ketar ekanmiz, u yerdagi insonlarning xavfsizligini saqlash ustuvor maqsadlarimizdan biridir. “Tolibon”ning har qanday hujumlariga nisbatan qat'iyan javob qaytaramiz”,-dedi Britaniya mudofaa vaziri.

Hozirda Afg‘onistonda 750 nafarga yaqin britaniyalik harbiy bo‘lib, ular asosan Kobulni qo‘riqlash va mahalliy harbiylarni tayyorlash bilan shug‘ullanadi.

Avval aytilganidek, AQSh prezidenti Jo Bayden Afg‘onistondagi harbiylarini shu yilning 11 sentyabriga qadar olib chiqib ketishi haqida rasman e’lon qilgandi.

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg ham NATOga a’zo davlatlarning mudofaa va tashqi ishlar vazirlari ishtirokida videokonferensiya shaklida bo’lib o’tgan anjumanida NATOga a’zo davlatlar 1 maydan e’tiboran Afg’onistondan harbiylarini olib chiqib ketishida o’zaro hamkorlik qilishini ma’lum qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Afg'oniston , #Britaniya

Aloqador xabarlar