Putin koronavirusga qarshi vaksinaning ikkinchi dozasini qabul qildi

Putin mamlakatda jadallik bilan olib borilayotgan vaksinatsiya kampaniyasi natijasida epidemiologik holat yaxshilanishiga umid bildirdi.

1621277
Putin koronavirusga qarshi vaksinaning ikkinchi dozasini qabul qildi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi vaksinaning ikkinchi dozasini qabul qildi. 

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov xabar berishicha, Putin o‘zini yaxshi his qilmoqda. 

Putin mamlakatda jadallik bilan olib borilayotgan vaksinatsiya kampaniyasi natijasida epidemiologik holat yaxshilanishiga umid bildirdi.

"Hammasi yaxshi bo'ladi degan umiddaman",-deb aytgan Vladimir Putin.

Eslatish joizki, Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini 23 martda qabul qilgandi. Uning qaysi vaksinani qabul qilgani ma'lum qilinmagandi. Emlash jarayoni ommaviy ko‘rsatilmagandi. Peskov bu holatni izohlar ekan Putinga kamera qarshisida emlanish yoqmasligini aytgandi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Rossiya , #vaksina , #Vladimir Putin

Aloqador xabarlar