Qizil dengizda Eronga oid yuk kemasida portlash sodir bo'ldi

Hozircha portlash ortida kim turgani ma’lum emas. Kemaga moddiy zarar yetkazilgan, biroq qurbonlar yoki yaradorlarning yo’qligi aytilmoqda.

1616441
Qizil dengizda Eronga oid yuk kemasida portlash sodir bo'ldi

 

Qizil dengizda Eronga oid “Saviz” nomli yuk kemasida portlash ro’y bergan va kemada talofat yuzaga kelgan.

Bu haqda Eron tashqi ishlar vazirligi kotibi Said Xatibzoda ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, yuk kemasi bilan bog‘liq mazkur voqea kecha mahalliy vaqt bilan soat 06:00da Qizil dengizning Jibuti sohillarida sodir bo‘lgan.

Hozircha portlash ortida kim turgani ma’lum emas. Kemaga moddiy zarar yetkazilgan, biroq qurbonlar yoki yaradorlarning yo’qligi aytilmoqda. Voqea yuzasidan Xalqaro dengizchilik tashkiloti bilan aloqa o’rnatilgan.

Hozirda kema dengiz qaroqchilariga qarshi tadbir olish va dengiz xavfsizligini ta’minlash maqsadida Qizil dengizda kemalarning o’tish guzargohiga joylashtirilgan.


Tanlangan kalimalar: #kema , #Qizil dengiz , #Eron

Aloqador xabarlar