Afg’onistonda sodir bo'lgan vertolyot halokatida 9 kishi halok bo'ldi

Afg’onistonning Maydan Vardak viloyatida Mi-17 harbiy vertolyoti qulab tushdi. Fojiada 4 nafar ekipaj xodimi va 5 nafar xavfsizlik xodimi halok bo’ldi. Bu haqda Afg’oniston mudofaa vazirligi bayonot berdi.

1603947
Afg’onistonda sodir bo'lgan vertolyot halokatida 9 kishi halok bo'ldi

 

Afg’onistonning Maydan Vardak viloyatida Mi-17 harbiy vertolyoti qulab tushdi. Fojiada 4 nafar ekipaj xodimi va 5 nafar xavfsizlik xodimi halok bo’ldi.

Bu haqda Afg’oniston mudofaa vazirligi bayonot berdi.

Bayonotga ko’ra, Maydan Vardak viloyatining Behsud tumanida Afg’oniston havo-harbiy kuchlariga oid Mi-17 harbiy vertolyoti qulab tushgan. Halokat yuzasidan tergov-surishtiruv harakati olib borilmoqda.

Ayni vaqtda, Kobulda davlat xodimlarini olib ketayotgan avtobusga hujum sodir etildi. Yo’l chetiga joylashtirilgan bomba avtobus o’tib ketayotgan vaqtda portlatilgan. Portlashda 3 kishi halok bo’lgan, 11 kishi jarohatlangan.

Hujum Afg’oniston hukumati va Tolibon vakillarining tinchlik muzokaralarini tezlashtirish maqsadida Moskvada uchrashgan kuni sodir etilgan.


Tanlangan kalimalar: #portlash , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar