Isroil kuchlari falastinlik yoshlarga hujum qildi

Isroil kuchlari falastinlik yoshlarga hujum qildi va oqibatida falastinlik 11 kishi tan jarohati oldi.

1603022
Isroil kuchlari falastinlik yoshlarga hujum qildi

Isroil kuchlari ishg‘ol ostidagi Sharqiy Quddusda falastinlik 11 kishiga plastik o‘q orqali tan jarohati yetkazdi, ko‘pchilik esa otilgan ko‘z yoshartuvchi gazdan salbiy ta’sir ko‘rdi.

Isroil kuchlari Ajratish devorining Kefr Akab mahallasi yaqinida o‘rin olgan qismiga ekskavator orqali bosqin uyushtirdi.

Bosqinga e’tiroz bildirgan falastinlik yoshlarga qarshi Isroil kuchlari, plastik o‘q va ko‘z yoshartuvchi gaz orqali hujum qildi.

Falastin Qizil Yarim oy jamiyati, falastinlik 11 kishining plastik o‘q orqali tan jarohati olgani va ko‘pchilikning otilgan ko‘z yoshartuvchi gazdan salbiy ta’sir ko‘rganini ma’lum qildi.

Tan jarohati olganlarning hammasi mintaqadagi falastinlik tibbiy xodimlar tomonidan davolandi.


Tanlangan kalimalar: #falastinlik yoshlar , #Isroil kuchlari

Aloqador xabarlar