Rossiya Qrimni noqonuniy ravishda ishg’ol qilganiga 7 yil to'ldi

Ukraina tashqi ishlar vazirligi Rossiya tomonidan Qrimning noqonuniy ravishda ishg’ol qilinganiga 7 yil to’lgani munosabati bilan yozma bayonot berdi.

1602980
Rossiya Qrimni noqonuniy ravishda ishg’ol qilganiga 7 yil to'ldi

 

Ukraina tashqi ishlar vazirligi Rossiya tomonidan Qrimning noqonuniy ravishda ishg’ol qilinganiga 7 yil to’lgani munosabati bilan yozma bayonot berdi.

Bayonotda Ukraina hukumati Rossiya Qrimni ishg’ol qilgani tufayli qonun oldida javob berishini ta’minlash bo’yicha qat’iy irodaga ega ekanligini ma’lum qildi. Rossiya Qrimni ishg’ol qilgach, u yerda harbiy faoliyatlarini kuchaytirdi va bu bilan Yevropa hamda O’rta yer dengizi mintaqasining xavfsizligiga katta tahdid sola boshladi.

Rossiya ishg’ol sababli qonun oldida javob berishi kerakligi qayd etilgan bayonotda, Ukraina ushbu masala yuzasidan xalqaro sudlarga murojaat qilganligini, sud ishi davom etayotganligi ma’lum qilindi.

Bayonotga ko’ra, yaqinda “Qrimning ozod qilinishi va qaytadan integratsiya qilish strategiyasi” qabul qilindi.  Kelgusida Ukraina va xalqaro hamkorlarning sa’y-harakatlari bilan Qrimda konstitutsiyaviy tartib yo’lga qo’yilishi qayd etildi.

Ukraina va Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan shartnoma 2013 yil 21 noyabrda o'sha paytdagi Prezident Yanukovich tomonidan imzolangan. Shundan keyin Ukrainada norozilik namoyishlari boshlanib, aholi ikkiga bo'lingan. Ulardan ba'zilar Ukrainani qo'llab-quvvatladi, boshqalari esa Rossiyani qo'llab-quvvatladi.

Namoyishlar davom etdi va Yanukovich 22 fevral kuni mamlakatni tark etdi. Hokimiyat g'arb tarafdori bo’lgan siyosatchilar qo'liga o'tdi.

Ushbu kuchlarning Ukrainaga kelishi Qrim yarim orolida Rossiya tarafdorlarining faolligini kuchaytirdi.

Qora dengiz floti Ukraina va Rossiya o'rtasidagi kelishuvlarni buzdi (1997 yil 28 may va 2010 yil 21 aprel) va rus qo'shinlari yarimorolga ko'chib o'tdilar.

2014 yil 25 fevralda Rossiya tarafdori bo’lgan kuchlar parlamentga qarshi tazyiq o’tqaza boshladi. 400 ga yaqin Rossiya tarafdorlari Qrim mustaqilligi bo'yicha referendum o'tkazilishini talab qilib, Qrim parlamenti tomon yurishdi.

 

26-fevral voqealari

26-fevral kuni parlament spikeri Konstantinov Bosh assambleyada referendumni muhokama qilishini ma'lum qildi. Tez orada Rossiya ittifoqi partiyasi Qrim Muxtor Respublikasi parlamenti oldida miting o'tkazishini e'lon qildi. Xuddi shu kuni Ukrainaning birligini himoya qiladigan Qrim Tatar milliy majlisi  ham parlament oldida yig'ilishini e'lon qilgan.

7000 dan ortiq odam, asosan Qrim tatarlari, Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo'llab-quvvatlash uchun norozilik namoyishlarini o'tkazdilar. Namoyish paytida ikki kishi halok bo'ldi.

Ko'p o'tmay, "Yashil odamlar" nomli harbiy guruh paydo bo'ldi va ular Qrim parlamenti va hukumat binolarini egallab oldi.

 

“Yashil odamlar” tomonidan boshqariladigan referendum

Qrim avtonom respublikasi parlamenti 6 mart kuni referendum o'tkazishga qaror qilganini e'lon qildi.

16 mart kuni qrimliklar Rossiyaga qo'shilish yoki Ukrainada qolish to'g'risida referendumda ovoz berishdi. Biroq, referendum "yashil odamlar" tomonidan nazorat qilingan va ishtirokchilar Qrimning Rossiyaga qo'shilishiga rozi bo'lishga majbur bo'lishgan.

Xalqaro tashkilotlar, shu jumladan Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa bir qator mamlakatlar referendumga qarshi chiqdilar va uning natijalarini tan olmadilar.

Biroq, 21 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qrim va Sevastopolni Rossiya Federatsiyasiga qo'shilishi to'g'risida bitimni imzoladi.

Qrimning Rossiyaga qo'shib olinishidan so'ng, "26-fevral voqealariga" aloqadorlikda ayblanib Ukraina tarafdori bo’lgan Qrim tatarlariga bosim o'tkazilgan va ular  hibsga olingan.

Jumladan, Qrim-tatar milliy harakati rahbarlaridan biri bo'lgan Mustafo Abduljemil Kirimog’lining Qrimga kirishi taqiqlangan.

Rossiya 2014 yildan beri Ukraina tarafdorlariga qarshi tazyiq o'tkazmoqda.

Qrim tatarlari quvg'in qilinmoqda, uylari talon-taroj qilinmoqda. Ular hibsga olinmoqda va so'roq qilinmoqda.

"Qrim SOS" nodavlat tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, hozirgi kunga qadar 104 qrim fuqarosi hibsga olingan. Ularning 77 nafari qrim-tatarlardir.

 

Rossiya Qrimni ruslashtirmoqda

Rossiya etnik ruslarni Qrimga joylashtirish orqali Qrimdagi ta'sirini kuchaytirmoqda.

Qrim-tatar milliy harakati rahbari Mustafo Abduljemil Kirimog’lining so'zlariga ko'ra, Rossiya shu paytgacha Qrimga 205 ming kishini joylashtirgan. Biroq, Qrim tatarlari yarim orolda kamida 600 ming Rossiya fuqarosi yashaydi, deb hisoblashadi.

Ukraina Tashqi ishlar vazirligining ma'lumotlariga ko'ra, Rossiya 2014 yildan beri Qrimga 32,5 ming askar joylashtirgan.

Bundan tashqari, Ukraina mudofaa vaziri Andrey Taran Rossiyaning Qrimga yadro qurolini joylashtirishga tayyorlanayotganini ta'kidlagan.

 


Tanlangan kalimalar: #Qrim , #Ukraina , #Rossiya

Aloqador xabarlar