Pedersen: “Suriyalik muhojirlar masalasida Turkiyaning o‘rnini tushunib, yuqori baholayapmiz”.

Pedersen, BMT Xavsizlik kengashiga Suriyadagi oxirgi vaziyat haqida ma’lumot bergach ortidan BMTning Jenevadagi ofisi va Nyu - Yorkda xizmat qilgan xalqaro jurnalistlar oldida videokonferentsiya yo‘li orqali matbuot anjumani uyushtirdi.

1602121
Pedersen: “Suriyalik muhojirlar masalasida Turkiyaning o‘rnini tushunib, yuqori baholayapmiz”.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya masalasi bo‘yicha maxsus vakili Geir Pedersen,

“Suriyalik muhojirlarga mezbonlik qilish masalasida hammamiz Turkiyaning o‘rnini tushunib, yuqori baholaymiz”. - dedi.

Pedersen, BMT Xavsizlik kengashiga Suriyadagi oxirgi vaziyat haqida ma’lumot bergach ortidan BMTning Jenevadagi ofisi va Nyu - Yorkda xizmat qilgan xalqaro jurnalistlar oldida videokonferentsiya yo‘li orqali matbuot anjumani uyushtirdi.  

Suriyada o‘q uzishning to‘xtatilishi masalasidagi undovini takrorlagan Pedersan, Idlibdagi vaziyatning 1 yildan ortiq vaqtdan beri “nisbatan sokin” ekanini qayd etdi.

Pedersen, bunga qaramay mintaqadagi vaziyatning yaxshi emasligini belgilab o‘tgan holda, to‘qnashuvlarning takror boshlamasligi uchun tomonlarni ogohlantirdi.

Anado‘lu axborot agentligi muxobirinig, “Turkiya, dunyo miqyosida eng ko‘p muhojirga shu jumladan 3.6 million suriyalik muhojirga mezbonlik qilgan davlat bo‘lish xususiyatini davom ettirmoqda. Xalqaro hamjamiyati ayniqsa Yevropa ittifoqiga (bu borada Turkiyaga yordam berishi kerakligi masalasida)  qanaqadir taklif bilan chiqishni xohlaysizmi?” - degan savoliga qarshi Pedersen,

“Suriyalik muhojirlarga mezbonlik qilish masalasida Turkiyaning o‘rini tushunib, yuqori baholayapmiz. BMT oilasining ham qilganlari uchun Turkiyaga minnatdorchiligini ifoda etganidan xabarim bor”. - deb javob berdi.

Bu oy yakunida Belgiya poytaxti Bryusselda Suriyaga gumanitar yordam yetkazib berish masalasida konferentsiya uyushtirilishini yodga solgan Pedersen, shu konferensiyada Turkiyadagi muhojirlarga ham yordam berilishidan ishonchi komil ekanini o‘z so‘ziga ilova etdi.

 



Aloqador xabarlar