NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg: “Turkiya muhim sherik”.

Yens Stoltenberg, “NATOning moslashuvi” deb nomlangan videokonferensiyada ishtirok etdi.

1598199
NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg: “Turkiya muhim sherik”.

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg, Turkiyaning muhim sherik ekanini belgilab o‘tgan holda,

“Buni faqatgina xaritaga e’tibor berish orqali ko‘rishingiz mumkin”. - dedi.

Yens Stoltenberg, Kaliforniyadagi Stanford universiteti Xalqaro xavfsizlik va hamkorlik markazi tomonidan uyushtirilgan “NATOning moslashuvi” deb nomlangan videokonferensiyada ishtirok etdi.

Turkiyaning Rossiyadan S - 400 zenit raketa tizimlari xarid qilib olishi haqidagi savolga qarshi Stoltenberg, “NATO sheriklari orasida turlilik yangilik emas. Ittifoq bu turliliklar, kelishmovchilik va muammolarni muhokama qilish uchun yaxshi platforma”. - deb javob berdi.

Stoltenberg Anqaraga S - 400, Sharqiy O‘rta yer dengizi va muhojirlar muammosidek masalalardagi tashvishlarning yetkazilganini qayd etgan holda quyidagilarni ifoda etdi:

“Faqat shuni ham tushunib yetishimiz darkor, Turkiya muhim sherik. Qanchalik muhim ekanini faqatgina xaritaga e’tibor berish orqali ko‘rishingiz mumkin. Ayniqsa Iroq va Suriya bilan chegarasi borligidan, DEASh terror tashkilotiga qarshi kurashda qayd etgan yo‘lidan, mintaqada DEASh nazorat qilgan mintaqalarda millionlab insonning erkinlikka erishtirilishi, infratuzilma asoslari bilan Turkiyadagi aeroportlar alohida o‘ringa ega”.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #NATO , #Yens Stoltenberg

Aloqador xabarlar