Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 112 mlndan oshdi

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 513 ming 553 nafarga yetdi. Virusga chalinganlar soni 28 mln 850 ming 855 nafarni tashkil qilmoqda.

1589463
Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 112 mlndan oshdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 2 mln 492 mingdan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 112 mln 516 mingdan oshdi,  88 mln 76 mingdan ortiq kishi sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 513 ming 553 nafarga yetdi. Virusga chalinganlar soni 28 mln 850 ming 855 nafarni tashkil qilmoqda.

Koronavirus o’chog’iga aylangan Buyuk Britaniyada so’nggi bir kunda 548 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Mamlakat bo’ylab korornavirusdan vafot etganlar soni 121 ming 305 nafarga yetdi. So’nggi bir kunda koronavirus bilan bog’liq 8 ming 489ta yangi holat qayd etildi. Mamlakat bo’ylab koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 4 mln 134 ming 639 nafarni tashkil qilmoqda. Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson mamlakatda karantin cheklovlari 8 martdan bekor qilinishini e'lon qildi.

Italiya koronavirusdan kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda hamon yetakchi davlatlardan biri. Mamlakatda so’nggi bir kunda 356 kishi koronavirus tufayli vafot etdi. Mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 96 ming 348 nafarga yetdi. Ayni vaqtda virusdan kasallanganlar soni 13 ming 314 kishiga oshib, 2 mln 832 ming 162 nafarni tashkil qilmoqda. Italiyada Afrikadan qaytgan bir kishida koronavirusning shu kungacha hech uchramagan yangi turi aniqlandi.

Fransiyada so’nggi bir kunda 341 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 85 ming 44 nafarga yetdi. So’nggi bir kunda koronavirus bilan bog’liq 20 ming 64ta yangi holat qayd etildi. Ayni vaqtda virusga chalinganlar soni 3 mln 629 ming 891 nafarni tashkil qilmoqda. Poytaxt Parijda karantin cheklovlari doirasida ma’lum bir soatlarda spirtli ichimlik iste’mol qilish taqiqlandi.

Ispaniyada so’nggi bir kunda 443 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Mamlakatda COVID-19 tufayli vafot etganlar soni 68 ming 79 nafarga yetdi. Mamlakat bo’ylab virusga chalinganlar soni 7 ming 461 kishiga oshib, 3 mln 161 ming 432 nafarni tashkil qilmoqda.

Portugaliyada so’nggi bir kunda 63 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Ayni vaqtda mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 16 ming 86 nafarni tashkil qilmoqda. Kasallanganlar soni 1032 kishiga oshib, 799 ming 106 nafarni tashkil qilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar