Rossiya Qrimni anneksiya qilishni to‘xtatmasa AQSh sanksiyalarini davom ettirmoqchi

Rodni Xanter, Rossiyani mintaqadagi tajovuzni to‘xtatishga va Qrimni anneksiya qilishdan voz kechishga chaqirdi.

1582255
Rossiya Qrimni anneksiya qilishni to‘xtatmasa AQSh sanksiyalarini davom ettirmoqchi

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh)ning Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) qoshidagi doimiy vakolatxonasining siyosiy koordinatori Rodni Xanter, Rossiya Ukrainaning sharqidagi separatistlarga yordam berishdan voz kechib, Qrimni anneksiya qilishni to‘xtatmagunga qadar sanksiyalarni davom ettirishlarini bildirdi.

BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan Ukraina sharqidagi oxirgi vaziyatlar qo‘lga olingan yig‘ilishda gapirgan Rodni Xanter, Rossiyani mintaqadagi tajovuzni to‘xtatishga va Qrimni anneksiya qilishdan voz kechishga chaqirdi.

Rossiya ortga tisarilmagudek bo‘lsa unda AQShning sanksiyalarini davom etishini bildirgan Xanter, Rossiyadan 100 dan ortiq ukrainalik siyosiy mahbusning ozod etishini, Qrim tatarlari va ishg‘ol muxoliflariga qarshi yo‘lga qo‘ygan siyosatlarini to‘xtatishini talab qildi.

Ukrainaning sharqida joylashgan Donbas viloyatida 2014 - yildan beri go‘yo mustaqilligini e’lon qilgan Rossiya tarafdorlari separatistlar bilan Ukraina harbiy qismlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Qrim , #Ukraina , #Rodni Xanter , #Rossiya

Aloqador xabarlar