Abdurahmon al - Soniy: “Turkiya - Qatar munosabatlari judayam muhimdir”.

Qatar Tashqi Ishlar vaziri Muhammad bin Abdurahmon al - Soniy, Turkiya - Qatar munosabatlarining judayam muhimligini qayd etdi.

1581681
Abdurahmon al - Soniy: “Turkiya - Qatar munosabatlari judayam muhimdir”.

Qatar Tashqi Ishlar vaziri Muhammad bin Abdurahmon al - Soniy, Turkiya - Qatar munosabatlarining judayam muhimligini qayd etdi.

Al - Soniy bu haqida, amaliy tashrif bilan Qatarda bo‘lgan Turkiya Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu bilan uyushtirilgan matbuot anjumanida gapirdi.

Al - Soniy unda “qardoshim va do‘stim” deb xitob etgan Chavusho‘g‘luga ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik birdamlik, iqtisodiy va siyosiy sheriklik bilan hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirdi.

Qatar Tashqi Ishlar vaziri al - Soniy, qardosh o‘lka Turkiyaning ayniqsa Eron bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari muzokarasidagi qo‘llab - quvvatlashi bilan ko‘z qarashini baholaganliklarini ifoda etdi.

Turkiyaning, Liviyaning demokratik jamiyat qurish jarayononi qo‘llab - quvvatlagani uchun ham alohida minnatdorchilik bildirgan al - Soniy, har doim Liviya xalqining yonida ekanliklarini ta’kidladi.

Al - Soniy kasbdoshi bilan ayni vaqtda Suriya va Afg‘onistondagi oxirgi vaziyatlarni qo‘lga olar ekan so‘zlari yakunida,

“Turkiya - Qatar munosabatlari judayam muhimdir. Ikkala mamlakat o‘rtasidagi birdamlikni yana - da mustahkamlashimiz darkor”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar