AQSh Turkiya bilan o‘zaro munosabatlarini rivojlantirishdan manfaatdor

Bu haqda AQSh davlat kotibi voizi Ned Price ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Turkiya AQSh uchun azaliy va ahamiyatli NATO hamkori hisoblanadi.

1581231
AQSh Turkiya bilan o‘zaro munosabatlarini rivojlantirishdan manfaatdor

 

AQSh Turkiya bilan o‘zaro munosabatlarini rivojlantirishdan manfaatdor.

Bu haqda AQSh davlat kotibi voizi Ned Price ma’lum qildi.

U Turkiya bilan manfaatli hamkorlikka e’tibor qaratib “Mushtarak qo’shma ustuvor vazifalarimizni belgilashda hamkorlik qilishga imkoniyat qidiryabmiz. Qolaversa, strategik sherigimiz bo’lgan Turkiya bilan mavjud muammolarni hal qilish xususida muzokaralarimiz davom etmoqda”,-dedi.

Ned Pricening ta’kidlashicha, Turkiya AQSh uchun azaliy va ahamiyatli NATO hamkori hisoblanadi.

“Turkiya bilan hamkorlikda Suriyadagi urushni to’xtatish, terrorizmga qarshi kurash va mintaqadagi yomon niyatli guruhlar faoliyatini oldini olishdan manfaatdormiz. Strategik mavzularda Anqara TransAtlantika ittifoqi tamoyillariga sodiqligini ma’lum qilar ekan, biz ham Turkiya bilan mushtarak manfaatlarimizni himoya qilish, inson huquqlari va huquqning ustunligi bo’yicha qadriyatlarga sodiq qolishimiz mumkin”,-dedi AQSh davlat kotibi voizi.

U AQSh davlat koribi Entoni Blinken yaqin kunlarda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li bilan telefon orqali muloqot qilishini aytdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #AQSh

Aloqador xabarlar