Yevropa ittifoqi Rossiyaga nisbatan sanksiya kiritishi mumkin

Josep Borrel Moskva tashrifini baholar ekan unda, Yevropa ittifoqi - Rossiya munosabatlarini qo‘lga oldi.

1579198
Yevropa ittifoqi Rossiyaga nisbatan sanksiya kiritishi mumkin

Yevropa ittifoqining Tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Josep Borrel, Rossiyaning ittifoq bilan konstruktiv tusdagi muloqat imkonini baholash niyatida emasligini belgilab o‘tgan holda Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar kitirilishi mumkindek munosabat bildirdi.

Josep Borrel 4 - fevraldan 6 - fevralgacha davom etgan Moskva tashrifini baholar ekan unda, xavotirga soluvchi Yevropa ittifoqi - Rossiya munosabatlarini qo‘lga olganini, munosabatlarning (Rossiya muxolifatşi faoli) Aleksey Navalniyning qamalgani va uni qo‘llab - quvvatlaganlarning nazorat ostiga olinishiga qarshi uyushtirilgan norozichilik namoyishlari ortidan yomonlashganini bildirdi. 

Mart oyida o‘tkaziladigan Yevropa ittifoqi sammiti oldidan yo‘lga qo‘yilgan tashrifida, jadal ravishda yomonlashgan munosabatlarini qo‘lga olishni xohlaganini qayd etgan Borrel o‘z so‘zida,

“Hujumkorona tusda uyushtirilgan matbuot anjumani va tashrif chog‘idagi Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlardan 3 diplomatning deportatsiya qilinishi haqidagi qarori, rus rasmiylarining Yevropa ittifoqi bilan konstruktiv tusdagi muloqat imkonini baholash niyatida emasligini ko‘rsatmoqda. Kutilmagan vaziyat bo‘lmasa ham bu holat ayni vaqtda rus strategik ko‘z qarashi jihatidan afsusga soldi”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Borrel Yevropa ittifoqi bilan Rossiyaning Belarus, Ukraina, Gruziya, Suriya, Liviya kabi bir necha masalada ham kelisholmaganini yodga soldi.

Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlarning tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida 22 - fevralda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda Rossiya bilan bo‘lgan munosabatlarni muhokama qilishlarini bildirgan Borrel,

“Har doim bo‘lganidek nimalar qilinishiga a’zo davlatlar qaror beradi va qarorlar sanksiyalarni ham o‘z ichiga olishi mumkin”. - dedi.   



Aloqador xabarlar