“Refah” chegara darvozasi to‘rt kunligiga ochildi

“Refah” chegara darvozasi istisno holatlar uchun to‘rt kunligiga ikki tomonli ochildi.

1575085
“Refah” chegara darvozasi to‘rt kunligiga ochildi

Isroil bolakadasi ostidagi G‘azo sektori bilan Misr o‘rtasida joylashgan “Refah” chegara darvozasi istisno holatlar uchun to‘rt kunligiga ikki tomonli ochildi.

G‘azodagi Ichki Ishlar va Milliy Xavfsizlik vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, yo‘lovchi avtobuslarining ikki tomonli ochilgan “Refah” chegara darvozasi orqali G‘azodan yo‘lga chiqa boshlagani qayd etildi.

Vazirlik bergan bayonotida, istisno holatlar uchun ochilgan chegara darvozasidan o‘tish imkonlarining bugundan e’tiboran 4 - fevral haftaning payshanba kunigacha davom etishi bildirildi.

Mart oyida yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasiga qarshi ko‘rilgan chora va tadbirlar doirasida ikki tomonli bekitilgan “Refah” chegara darvozasi, vaqti - vaqti bilan bir necha kunligiga ochilar ekan, qismi faoliyat ko‘rsatmoqda.



Aloqador xabarlar