Bag’dodda sodir etilgan teraktda DEASh terror tashkilotining qo’li bor
“Portlash uchun javobgarlikni zimmasiga olmasa ham unda DEASh terror tashkilotining qo’li borligi aniq. Bu bilan DEASh hamon o’z kuchini yo’qotmaganligini bildirmoqchi”,-deb aytgan Iroq ichki ishlar vazirligi xodimi.
1568687

Iroq poytaxti Bag’dodda sodir etilgan terrorchilik harakatida DEASh terror tashkilotining qo’li borligi ilgari surilmoqda.
Bu haqda Iroq ichki ishlar vazirligi xodimi Xolid Mihanna ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, terrorchi Bag’dodning Tayaran maydonidagi eski kiyim-kechak bozorida o‘zini portlatib yuborgan. Ushbu portlash begunoh 32 kishining hayotiga zomin bo’lgan.
“Portlash uchun javobgarlikni zimmasiga olmasa ham unda DEASh terror tashkilotining qo’li borligi aniq. Bu bilan DEASh hamon o’z kuchini yo’qotmaganligini bildirmoqchi”,-deb aytgan Iroq ichki ishlar vazirligi xodimi.
Kecha, 21 yanvar kuni Iroq poytaxti Bag’dod markazidagi bozorda xudkush tomonidan sodir etilgan ikki portlash oqibatida kamida 32 kishi halok bo‘lgan va 110 kishi yaralangan.
Bag‘dodda bunga o’xshash teraktlar so‘nggi marta 2018 yilning yanvar oyida sodir etilgandi. Portlash uchun javobgarlikni hozircha biron terror guruhi zimmasiga olmadi, lekin so‘nggi yillarda bu kabi hujumlar DEASh jangarilari tomonidan sodir etilmoqda.
Aloqador xabarlar
Somali poytaxti Mogadishoda portlash ro'y berdi
Harbiy kortejga sodir etilgan hujumda ikkita harbiy halok bo'lgan, 3 kishi jarohatlangan.