Bog‘doddagi portlash, 28 kishining umriga zomin bo‘ldi

Bog‘dodda xudkushlik hujmi uyushtirildi.

1568242
Bog‘doddagi portlash, 28 kishining umriga zomin bo‘ldi

Iroq poytaxti Bog‘dodda uyushtirilgan xudkushlik hujmida kamida 28 kishi halok bo‘ldi. Halok bo‘lganlardan tashqari 33 kishi tan jarohati oldi.

Iroq hukumati qoshidagi Bog‘dod amaliyotlar qo‘mondonligi tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotga ko‘ra shahardagi Tayaran maydonidagi bozorda xudkushlik hujmi natijasida portlash yuz bergan.

Ichki Ishlar vazirligi tomonidan berilgan oxirgi bayonotda hujum oqibatida 28 kishining halok bo‘lgani va 33 kishinig tan jarohati olgani bildirildi.  

Tan jarohati olganlarning bir qismining ahvoli og‘ir ekan, shu bois ham halok bo‘lganlar sonining ortishidan xavotir olingani qayd etildi.

Xudkushning portlaguvchi nimchadan foydalangani aniqlandi.  


Tanlangan kalimalar: #Bog‘dod , #xudkushlik hujmi

Aloqador xabarlar