Indoneziyada zilzila qurbonlari soni 81 nafarga yetdi

Vayronalar ostida hamon insonlarning borligi aytilmoqda. Ularning aniq soni ma’lum emas. Hududda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi jadallik bilan olib borilmoqda.

1565488
Indoneziyada zilzila qurbonlari soni 81 nafarga yetdi

 

Indoneziyaning G‘arbiy Sulavesi provinsiyasida ro’y bergan zilzilada qurbonlar soni 81 nafarga yetdi. 

Qidiruv-qutqaruv operatsiyasida yana 8 kishining jasadi olib chiqilgan. Shu bilan zilzila markazida joylashgan Mamuju shahrida 70 kishi va Meneje shahrida 11 kishi halok bo’lgan.

Vayronalar ostida hamon insonlarning borligi aytilmoqda. Ularning aniq soni ma’lum emas. Hududda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi jadallik bilan olib borilmoqda.

Tegishli vakillarning ma’lum qilishicha, zilzilada og’ir jarohatlangan 253 kishi shifoxonaga yotkizilgan. Tabiiy ofat hududidan taxminan 28 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilingan. Zilzilada 1200ga yaqin bino zarar ko’rgan. Hududda elektr va aloqa ta'minotining izdan chiqishiga olib kelgan.   

Eslatish joizki, 15 yanvar mahalliy vaqt bilan soat 1:28da G‘arbiy Sulavesida 6,2 ball zilzila ro’y berdi. Zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, 14 yanvarda ham ushbu hududda 5,9 ball zilzila yuz bergandi.

Seysmologik xizmat ma’lumotiga ko’ra, ushbu hududda 14 yanvardan beri 28ta yer qimirlash hodisasi qayd etilgan.


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Indoneziya

Aloqador xabarlar