Vetnam sohilida yuk kemasining cho’kishi oqibatida 15 kishi bedarak yo’qoldi

Malayziyadan Hongkongga 7800 tonna yuk olib ketayotgan Panama kemasi Vetnamning markaziy shtatlaridan Binh Thuan sohiliga yaqinlashib kelayotganda halokatga uchragan.

1547933
Vetnam sohilida yuk kemasining cho’kishi oqibatida 15 kishi bedarak yo’qoldi

 

Vetnam sohilida yuk kemasining cho’kishi oqibatida 15 kishi bedarak yo’qoldi.

Vetnam matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, Malayziyadan Hongkongga 7800 tonna yuk olib ketayotgan Panama kemasi Vetnamning markaziy shtatlaridan Binh Thuan sohiliga yaqinlashib kelayotganda halokatga uchragan.

Kema bortida bo’lgan xitoylik 11 xodim bilan vetnamlik 4 ekipaj qidirilmoqda.

Tegishli vakillarning taxminiga ko’ra, kema halokati salbiy havo shartlari tufayli yuzaga kelgan.

Kema ekipaji halokat paytida Vetnam sohili xavfsizlik boshqarmasi bilan aloqa o’rnatishga ulgurgan va ulardan shoshilinch yordam talab qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #kema halokati , #Vetnam

Aloqador xabarlar