Fransiya prezidenti Emmanuel Makronda COVID-19 aniqlandi

Fransiyada koronavirus qurbonlarining umumiy soni 59 ming 619 nafarni tashkil qilmoqda. Virus yuqtirib olganlar soni 2 mln 427  ming 316 nafarga yetdi.

1547632
Fransiya prezidenti Emmanuel Makronda COVID-19 aniqlandi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 1 mln 668 mingdan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 75 mln 283 mingni tashkil qilmoqda. 52 mln 853 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 317 ming 928 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlarning umumiy soni esa, 17 mln 626 ming 770 nafarni tashkil qilmoqda. AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens bugun xalqqa ochiq ravishda koronavirusga qarshi emlanadi. AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo esa, koronavirusga chalingan kishi bilan muloqotda bo‘lgandan keyin karantinga olindi. O’tgan haftada shoshilinch foydalanishga ruxsat berilgan vaksina salomatlik xodimlariga emlandi va ikki kishida allergiyaga sabab bo’ldi.

Italiya koronavirusdan kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda hamon yetakchi davlatlardan biri. Mamlakatda so’nggi bir kunda 683 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Mamlakatda koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni 67 ming 220 nafarga yetdi. Ayni vaqtda virusdan kasallanganlar soni 1 mln 906 mingdan oshdi. Bosh vazir Giuseppe Conte 24-dekabrdan 3 yanvarga qadar butun mamlakat bo’ylab qo’shimcha cheklovlar kiritilishi muhokama qilinganligini ma’lum qildi.

Fransiyada koronavirus qurbonlarining umumiy soni 59 ming 619 nafarni tashkil qilmoqda. Virus yuqtirib olganlar soni 2 mln 427 ming 316 nafarga yetdi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makronda COVID-19 aniqlandi. Makron karantinga olingan. Mamlakatda dekabr oyi oxirida koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlanadi.

Ba’zi davlatlarda koronavirusdan o’limlar soni quyidagicha;

Buyuk Britaniya (66 ming 52), Braziliya (184 ming 876), Meksika (116 ming 487), Argentina (41 ming 534), Peru (36 ming 901), Polsha (24 ming 345), Belgiya (18 ming 371), Chili (16 ming 7), Ukraina (15 ming 996), Ekvator (13 ming 932), Ruminiya (13 ming 969).


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar