Jo Bayden AQShning 46-prezidenti sifatida rasman tasdiqlandi

Ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, 77 yoshli Bayden 20-yanvar kuni AQShning 46-prezidenti sifatida qasamyod qiladi va ushbu lavozimni egallagan tarixdagi eng keksa shaxsga aylanadi.

1545905
Jo Bayden AQShning 46-prezidenti sifatida rasman tasdiqlandi

 

AQSh prezidentligiga demokratlar partiyasidan nomzod qilib ko’rsatilgan Jo Bayden mamlakatdagi prezidentlik saylovlarida g’olib bo’ldi.

Mamlakatda saylov g‘olibini rasman tasdiqlovchi vakillar kengashi Jo Baydenni AQShning 46-prezidenti sifatida rasman tasdiqladi.

Ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, 77 yoshli Bayden 20-yanvar kuni AQShning 46-prezidenti sifatida qasamyod qiladi va ushbu lavozimni egallagan tarixdagi eng keksa shaxsga aylanadi.

Jo Bayden yaqin vaqt ichida xalqqa murojaat bilan chiqish qiladi. U allaqachon bayonot tarqatib, Amerika xalqiga minnatdorlik bildirgan.

“Amerika yetakchisi sifatida meni tanlanganingiz men uchun katta sharaf. Bizni oldinda murakkab ish kutib turibdi, biroq sizga shuni va’da qilamanki, menga ovoz bergan yoki bermaganligingizdan qat’iy nazar,  barcha amerikaliklar uchun prezident bo‘laman”,-deb aytgan Jo Bayden.

“Amerika siyosatida yangi sahifa ochish, birlashish vaqti yetib keldi”,-deb aytgan Jo Bayden o’ziga ovoz bergan va bermagan barchaga teng munosabatda bo’lishga va’da bergan.

AQSh demokratiyasi Donald Trampning noo’rin siyosatiga qaramay, bardavom ekanligini aytgan Bayden: “AQShda siyosatchilar nazoratni qo’lga ololmaydi, xalq ularga bu vazifani beradi”,-dedi.

Kongress 6 yanvar kuni Baydenning saylovda g‘olib bo‘lganini rasman tasdiqlaydi.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Jo Bayden

Aloqador xabarlar