Shri Lankada COVID-19 tufayli vafot etganlarning janozalari yoqilmoqda

Shri Lankada COVID-19 tufayli vafot etganlarning janozalarini majburiy yoqib yuborish to’g’risida qaror qabul qilindi. Bu esa, mamlakatdagi musulmon jamiyatining e’tiroziga sabab bo’lmoqda.

1542813

Strait Times gazetasining xabariga ko’ra, musulmon oilalar janozalarni islom odatlariga mos shaklda dafn etishni xohlamoqda. Shu sababli taxminan 10 kundan buyon 19 jasad morglarda saqlanmoqda. Ular yaqinlari tomonidan olinmayotir.

Ma’lumotga ko’ra, Shri Lankada aprel oyida COVID-19 tufayli vafot etganlarning janozalarini yoqish majburiyati e’lon qilingandi va bu qaror rasmiy gazetada chop etilgandi.

Mamlakatdagi nodavlat tashkilotlari va etnik xalqlar ushbu qarorni to’xtatish talabi bilan Oliy sudga murojaat qildi.

Shri Lanka politsiyasi kecha 5ta janoza yoqilganligini ma’lum qildi.

BMTning Kolombodagi kordinatori Hanaa Singer Shri Lanka bosh vaziri Mahinda Rajapaksaga yo’llagan maktubida hukumatni COVID-19 pandemiyasi bilan bog’liq qarorlarni ko’zdan kechirishga chaqirdi.

Tanlangan kalimalar: #janoza , #COVID-19 , #Shri Lanka

Aloqador xabarlar