BMT, Rossiyadan harbiy kuchlarini tezlik bilan Qrimdan olib ketishini talab qildi

BMT, Qrim va Sevastopol shahrining Rossiya tomonidan ishg‘ol etilishini qoraladi.

1541624
BMT, Rossiyadan harbiy kuchlarini tezlik bilan Qrimdan olib ketishini talab qildi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi Rossiyaning harbiy kuchlarini tezlik bilan Qrimdan olib chiqishi va Ukraina tuproqlaridagi vaqtinchalik ishg‘olini to‘xtatishi kerakligi haqida qaror qabul qildi.

Roppa – rosa 193 a’zolik BMT Bosh assambleyasida ovozga qo‘yilgan va majjburiy bo‘lmagan yuqorida nomi tilga olingan qarorga 17 a’zo qarshi chiqar ekan 63 a’zo ijobiy qabul qildi va 62 a’zo betaraf qoldi.  

Qrim va Sevastopol shahrining Rossiya tomonidan ishg‘ol etilishi qoralangan qarorda, “anneksiyaning tan olinmasligi” qayd etildi va Qrimning zo‘rovonlik bilan qo‘lga kiritilishining qonuniy emasligi va xalqaro huquq talablariga javob bermasligi ifoda etildi.

Qarorda BMT tarkibidagi davlatlar bilan xalqaro tashkilotlardan, “BMT bilan hamkorlik qilishi va imkon bergan eng qisqa vaqtda Rossiyaning Qrimni ishg‘ol etish say – harakatlarini to‘xtatishining qo‘llab – quvvatlanishi” talab qilindi.

BMT Bosh assambleyasi, “Qrimning Rossiya tomonidan borgan sari harbiylashtirilishi” va “yadro quvvatiga ega uchoq, raketa, qurol jabhasi va harbiy personal doxil rivojlangan qurol tizimlarining Ukraina tuproqlariga olib kirilishidan xavotir olingani” bildirildi.

Qarorda Rossiyaning Qrimda qo‘lga kiritgan Ukraina harbiy industriya shirkatining foydalanishi ham qoralandi.

Moskvadan Qrimdagi yadroviy ta’sis va materialining yurisdiksiyasini kengaytirish say – harakatlarini to‘xtatishi talab qilingan qarorda Rossiyaning, Ukraina fuqarolari doxil Qrim aholisini majburiy yo‘l bilan harbiy xizmatga olinishiga ham qarshi chiqildi.

BMT Bosh assambleyasi qarorida, Rossiyaning Qrimda urush kemalarini qurish faoliyatlari qoralangan holda Moskva Qora dengiz, Azov dengizi va Kerch bo‘g‘ozida xalqaro huquq asosida, qonunlarga muvofiq tarzda yo‘lga qo‘yilgan safarlarga monelik qilishdan voz kechishga chaqirildi.  

G‘arblik mamlakatlar tomonidan qo‘llab – quvvatlangan lekin majburiy tusda bo‘lmagan qarorning, Qrimnnig anneksiya qilinishi masalasidagi xalqaro hamjamiyatning ko‘z qarashini aks ettirgani ifoda etilmoqda.  

BMT Bosh assambleyasida 2019 – yili ham shunga o‘xshash bir qaror qabul qilingandi.

Aytib o‘tish joizki Rossiya, 2014 – yili Qrim Avtonom respublikasi va Sevastopol shahrini noqonuniy ravishda o‘z tarkibiga qo‘shib olgandi. Qrimning anneksiya qilinishi va Ukrainaning sharqida kelib chiqqan voqealardan keyin Yevropa ittifoqi, Amerika Qo‘shma Shtatlari va dunyoning ba’zi davlatlari Rossiyaga nisbatan sanksiyalar kirita boshladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Qrim , #BMT , #Rossiya

Aloqador xabarlar