Eron janubida ro’y bergan sel falokatida qurbonlar soni 7 nafarga yetdi

Sel oqibatida Hurmuzgan viloyatiga qarashli Forsiyan tumanida 5 kishi, Bushehr viloyatiga qarashli Dashtiston tumanida 2 kishi halok bo’lgan.

1540622
Eron janubida ro’y bergan sel falokatida qurbonlar soni 7 nafarga yetdi

 

Eron janubida ro’y bergan sel falokatida qurbonlar soni 7 nafarga yetdi.

Bu haqda Eronning rasmiy Tesnim xabar agentligi ma’lum qildi.

Xabarga ko’ra, mamlakat janubidagi Xuziston, Isfaxon, Bushehr, Fors, Yazd va Hurmuzgan viloyatlariga kuchli yog’ingarchilik oqibatida sel keldi. Sel oqibatida Hurmuzgan viloyatiga qarashli Forsiyan tumanida 5 kishi, Bushehr viloyatiga qarashli Dashtiston tumanida 2 kishi halok bo’lgan.

Huziston viloyatiga qarashli Ahvaz va Bushehr shaharlarining bir qator hududlari seldan zarar ko’rgan. Mamlakat janubida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi olib borilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #sel , #Eron

Aloqador xabarlar