Italiyada oxirgi 24 soatda kundalik eng yuqori o‘lim holati qayd etildi

Italiyada yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasi bo‘yicha oxirgi 24 soatda kundalik eng yuqori o‘lim holati qayd etildi.

1539397
Italiyada oxirgi 24 soatda kundalik eng yuqori o‘lim holati qayd etildi
İspanya koronavirüs.jpg
koronavirüs italya.jpg
koronavirüs laboratuvar.jpg
koronavirus.jpg

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 1 million 513 ming 80, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 65 million 595 ming, sog‘ayib ketganlar soni esa 45 million 426 ming nafarni ortda qoldirdi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) da pandemiyadan oxirgi bir kunda 978 kishi vafot etdi va bu orqali koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni 282 ming 829 nafarga chiqdi. Mamlakatda kasallanganlar soni esa 142 ming 881 nafarlik ortish bilan 14 million 535 ming 196 nafarni tashkil etdi.

Italiyada oxirgi 24 soatda kundalik eng yuqori o‘lim holati qayd etildi. Roppa – rosa 993 kishining Covid – 19 dan vafot etishi bilan bu raqamning umumiy soni 58 ming 38 nafarni ko‘rsatdi. Mamlakatda bir kunda 23 ming 225 kishining o‘ziga virus yuqtirib olishi bilan jami holat soni 1 million 664 ming 829 nafarga yetdi. Bosh vazir Juzeppe Konte, Covid – 19 pandemiyasi bo‘yicha yanvar oyida uchinchi to‘lqinga duch kelmaslik uchun 21 – dekabrdan 6 – yanvargacha davom etadigan yangi yil tatiliga cheklovlar kiritishga majbur bo‘lganliklarini bildirdi.

Fransiyada Covid – 19 dan oxirgi 24 soatda 326 kishining vafot etishi bilan ularning umumiy soni 54 ming 140 nafarga yetdi. Bir kunda qayd etilgan 12 ming 696 yangi holat orqali mamalakatda virus bilan kasallanganlar soni esa 2 million 257 ming 331 nafarga chiqdi.



Aloqador xabarlar