Ghebreyesus, vaksina xaqidagi oxirgi vaziyat haqida ma’lumot berdi

JSST Bosh direktori Ghebreyesus, vaksina xaqidagi oxirgi vaziyat haqida ma’lumot berdi

1533315
Ghebreyesus, vaksina xaqidagi oxirgi vaziyat haqida ma’lumot berdi

Jahon Sog‘likni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adhanom Ghebreyesus,

“(yangi turdagi koronavirus Covid – 19 ga qarshi) Vaksina sinovlari natijasi haqida kelgan ijobiy xabarlar orqali bu uzun va qorong‘u tunnelning oxiridagi yorug‘lik yana – da porlay boshladi”. – dedi.  

Ghebreyesus, tashkilotning Shveytsariyaning Jeneva shahridagi markazida videokonferentsiya yo‘li orqali haftalik matbuot anjumani o‘tkazdi.

Covid – 19 ga qarshi vaksına faoliyatlaridan kelgan ijobiy tusdagi xabarlardan qanchalik xursand ekanligini bildirgan Ghebreyesus, vaksına ishlab chiqarishdagi tezlikning ularni odilona ravishda tarqatilish masalasida ham e’tiborga olinishi kerakligini bildirdi.

Ghebreyesus, tarix davomida bugungacha hech qaysi pandemiyaga qarshi bunchalik tez vaksına topilmaganini ta’kidlagan holda,

“Vaksina sinovlari natijasi haqida kelgan ijobiy xabarlar orqali bu uzun va qorong‘u tunnelning oxiridagi yorug‘lik yana – da porlay boshladi. Hozirda sinalgan va testdan o‘tgan boshqa xalq sog‘ligi choralari bilan vaksinalarning, pandemiyaning tugashiga yordam berishi borasida haqiqiy umid tug‘ildi” – deya gapirdi.  

Olimlarning vaksına ishlab chiqarish masalasida yangi standartlarga ulashganini eslatib o‘tgan Ghebreyesus,

“Xalqaro hamjamiyat ham hozirda (vaksına uchun) yangi kirish standardi belgilab olishi lozim” – dedi.



Aloqador xabarlar