AQSh 22 noyabrda Ochiq osmon haqidagi kelishuvdan chiqdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashingtonning ushbu kelishuvdan chiqishi haqida 22 mayda e'lon qilgandi.

1532539
AQSh 22 noyabrda Ochiq osmon haqidagi kelishuvdan chiqdi

 

AQSh 22 noyabrda Ochiq osmon haqidagi kelishuvdan chiqdi.

Bu haqda AQSh tashqi ishlar vazirligi xodimi Keyl Braun ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Vashingtonning ushbu kelishuvdan chiqishi haqida 22 mayda e'lon qilgandi.

“Qaror kuchga kirishi uchun zarur bo’lgan 6 oylik muddat to’lishi munosabati bilan 22 noyabrda AQSh Ochiq osmon haqidagi kelishuvdan chiqdi. AQSh endilikda ushbu kelishuvga a’zo emas”,-deb ma’lum qilgan Keyl Braun.

Ta’kidlash joizki, Ochiq osmon haqidagi kelishuv 1992 yil 24 mart kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga a'zo 27ta davlat o‘rtasida tuzildi. AQShdan tashqari yana 33ta davlat kelishuv ishtirokchisi hisoblanadi. Ular orasida Turkiya ham bor. Kelishuv doirasida ushbu davlatlar bir-birining hududi ustidan kuzatuv parvozlari bajarishi hamda foto va videos'yomka olib borishi mumkin.


Tanlangan kalimalar: #Donald Tramp , #AQSh

Aloqador xabarlar