Suriyada qo'shin safidan qochgan harbiylar og'ir qiynoqlar bilan o'ldirilgani ma'lum bo'ldi

Suriya rejimi 2018 yili muxolif kuchlar bilan tuzgan Dera kelishuvini oyoq osti qilib, oxirgi ikki yilda 98 kishini og’ir qiymoqlar bilan o’ldirganligi ma’lum bo’ldi.

1532306

Ular orasida Suriyada ichki urush boshlanishi bilan qurolli kuchlar safidan qochgan taxminan 40 dan ortiq harbiy ham bor.

Ular kelishuvda belgilangan o’zaro murosa imkoniyatidan foydalanmoqchi bo’lgan vaqtda qo’lga olingan va og’ir qiynoqlar bilan o’ldirilgan.

2018 yili tuzilgan sulh kelishuvidan foydalanmoqchi bo’lib, rejim kuchlariga murojaat qilgan o’nlab harbiy esa, qamoqqa olingan.

Eslatish joizki, Suriya qurolli kuchlari 2018 yil 20 iyunda Rossiya yordamida muxoliflar nazoratida bo’lgan Dera shahriga hujum qilgandi. Buning oqibatlarini oldini olish maqsadida Rossiya va harbiy muxoliflar 2018 yil 6 iyulda Suriya janubidagi hududlarda urushni to’xtatishga kelishib olgandi. Kelishuv matnida Asad rejimidan qochgan sobiq harbiylar “amnistiya”dan foydalanishi mumkinligi qayd etilgandi.

Tanlangan kalimalar: #Suriya

Aloqador xabarlar