Bag’dodda “Yashil hudud”ga raketa hujumi sodir etildi

Iroq hukumatiga qarashli manbalar ma’lum qilishicha, Bag’dodda otilgan raketaning 4 tasi o’ta qattiq qo’riqlangan “Yashil hudud”ga, 2tasi viloyat shifoxonasi bilan Zevra parki yaqiniga tushgan. Yana bir raketa havoda portlab ketgan.

1529779
Bag’dodda “Yashil hudud”ga raketa hujumi sodir etildi

 

Iroq poytaxti Bag’dodda sodir etilgan raketa hujumida 1 bola halok bo’ldi, 5 kishi jarohatlandi.

Iroq hukumatiga qarashli manbalar ma’lum qilishicha, Bag’dodda otilgan raketaning 4 tasi o’ta qattiq qo’riqlangan “Yashil hudud”ga, 2tasi viloyat shifoxonasi bilan Zevra parki yaqiniga tushgan. Yana bir raketa havoda portlab ketgan.

Hujumda 1 bola halok bo’lgan, 5 kishi turli darajada tan jarohati olgan.

Bag’doddagi “Yashil hudud”da AQSh elchixonasi va boshqa bir qator xorijiy davlatlarning vakolatxonalari hamda hukumat binolari joylashgan.


Tanlangan kalimalar: #raketa hujumi , #Yashil hudud , #Bag'dod

Aloqador xabarlar