Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 1 mln 277 mingdan oshdi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 1 mln 277 mingdan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 51 mln 725 mingni tashkil qilmoqda. 36 mln 324 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

1525658
Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 1 mln 277 mingdan oshdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 1 mln 277 mingdan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 51 mln 725 mingni tashkil qilmoqda. 36 mln 324 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

Virusning tarqalish darajasi takror avj olgan Yevropada COVID-19ning ikkinchi to’lqini davom etmoqda.

Buyuk Britaniyada so’nggi bir kunda 532 kishi koronavirus qurboniga aylandi. bu so’nggi 6 oyda ichida kuzatilgan eng yuksak ko’rsatgich deb baholandi. Mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlari soni 49 ming 770 nafarga yetdi. So’nggi bir kunda koronavirusga chalinish bilan bog’liq 20 ming 412ta yangi holat qayd etildi. Mamlakatda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 1 mln 233 ming 775 nafarni tashkil qilmoqda.

Italiya koronavirusdan kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda hamon yetakchi davlatlardan biri. Mamlakatda koronavirusdan vafot etganlar soni so’nggi bir kunda 580 nafarga oshib, ularning umumiy soni 42 330 nafarga yetdi. Ayni vaqtda virusdan kasallanganlarning umumiy soni 995 ming 463 nafarni tashkil qilmoqda.

Yevropada virus o’chog’iga aylangan Ispaniyada so’nggi 7 kunda 209 kishi koronavirusdan vafot etdi. Mamlakatda virusdan vafot etganlarning umumiy soni 39 ming 756 nafarga yetdi. Mamlakatda so’nggi bir kunda koronavirus bilan bog’liq 17 ming 395 ta yangi holat qayd etildi. Sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, mamlakat bo’ylab virusga chalinganlarning umumiy soni 1 mln 398 ming 613 nafarni tashkil qilmoqda.

Polshada so’nggi bir kunda virusdan vafot etganlar soni 330 nafarga oshib, 8375 nafarni tashkil qildi. Kasallanganlar soni 593 ming 592 nafarni tashkil qilmoqda.

Vengriyada koronavirus qurbonlari soni 2596 nafarga yetdi. Kasallanganlar soni 4140 nafarga oshib, 118 ming 918 nafarni tashkil qilmoqda.

Avstriyada so’nggi bir kunda 45 kishi virus qurboniga aylandi. Mamlakatda so’nggi bir kunda koronavirus bilan bog’liq 6 ming 120 ta yangi holat qayd etildi. Mamlakat bo’ylab virusga chalinganlarning umumiy soni 164 ming 866 nafarni tashkil qilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #COVID-19 , #koronavirus

Aloqador xabarlar