Rossiya, Qorabog‘ masalasida Turkiya bilan faoliyat olib borishga tayyor

Lavrov, Rossiyaning “Kommersant” gazetasiga bergan intervyusida Rossiya bilan Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar va Tog‘li Qorabog‘dagi oxirgi vaziyatni baholadi.

1521741
Rossiya, Qorabog‘ masalasida Turkiya bilan faoliyat olib borishga tayyor

Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov Tog‘li Qorabog‘ masalasida Turkiya bilan faoliyat olib borishga tayyor ekanini bildirdi.

Lavrov, Rossiyaning “Kommersant” gazetasiga bergan intervyusida Rossiya bilan Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar va Tog‘li Qorabog‘dagi oxirgi vaziyatni baholadi.

Rossiya bilan Turkiyaning turli mintaqalardagi inqirozlarni hal qilish masalasida birgalikda faoliyat olib borganini ifoda etgan Lavrov,

“Moskva bilan Anqara moslashuvchan va amaliy yondashuvni namoyish eta oladigan, bir - birlari bilan strategik ko‘z qarashda o‘zaro aloqa o‘rnata oladigan yaqin sheriklardir”. – dedi.

Lavrov, Tog‘li Qorabog‘ masalasining farqli masala ekanini ifoda etgan holda nomi tilga olingan mintaqadagi vaziyatning kuch orqali hal qilinishi tarafdori emasligini ta’kidladi.

O‘q uzishni to‘xtatish kelishuvining nazoratini ta’minlovchi mexanizmlarning tashkil etilishining ahamiyatiga e’tibor qaratgan Lavrov, o‘z so‘zida:

“Doimiy otashkesim hamon yo‘lga qo‘yilmasa ham urushning to‘xtatilishi, tomonlar o‘rtasidagi muloqatning ta’minlanishi va Boku bilan Yerevanning muzokara qilishi uchun mintaqadagi barcha kuchimizdan foydalanishni, shu bilan birga Turk sheriklarimiz bilan faoliyat olib borishni davom etamiz”. – dedi.

Tog‘li Qorabog‘ masalasining xalqaro tus olishi va u yerga Yaqin Sharqdan jangari doxil etilishidan tashvishda ekanini ham eslatib o‘tgan Lavrov buni Armaniston, Ozarbayjon va Turkiya bilan bo‘lgan uchrashuvlarda tilga olganliklarini qayd etdi.



Aloqador xabarlar