Darmanin, “Ulku o‘choqlari” ning Fransiyadagi faoliyatlarining man etilishini bildirdi

Fransiya Ichki Ishlar vaziri Gerald Darmanin, “Bozkurtlar” degan nom bilan tanilgan “Ulku o‘choqlari” ning mamlakatdagi faoliyatlarining man etilishini bildirdi.

1520590
Darmanin, “Ulku o‘choqlari” ning Fransiyadagi faoliyatlarining man etilishini bildirdi

Fransiya Ichki Ishlar vaziri Gerald Darmanin, “Bozkurtlar” degan nom bilan tanilgan “Ulku o‘choqlari” ning mamlakatdagi faoliyatlarining man etilishini bildirdi.

Darmanin, Milliy Majlis qonunlar qo‘mitasida bergan bayonotida, Vazirlar kengashida “Bozkurtlar” degan nom bilan tanilgan Ulku o‘choqlarining bekitilishi haqida qaror qabul qilinganini qayd etdi.

Mamlakatda Emmanuel Makronning prezidentlik vazifasiga kelishidan beri oxirgi 3 yilda 43 jome’ masjidining bekitilganini ham ifoda etgan Gerald Darmanin, Makrondan oldingi prezidentlar davrida bundan ham ko‘p jome’ masjidining ibodatga bekitilganini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

Mamlakatning janubidagi Vienne shahrida, 28 – oktabrda, Armanistonni qo‘llab – quvvatlab namoyish uyushtirganlarning, A7 avtomobil yo‘lini bekitib, ishga borgan turklarga hujum qilishi natijasida kelib chiqqan voqeada 4 nafari turk millatiga mansub jami 5 kishi tan jarohati olgandi.

Bu voqea ortidan Lyon va Dijon shahridagi turklar, arman namoyishchilarning zo‘rovonligiga qarshi yurishga chiqqan. Politsiya xodimlari esa turklarga qalampir gazi orqali to‘siqlik qilishga urinar ekan ayni vaqtda namoyish ishtirokchilarini moliyaviy jazoga tortgan.

Ba’zi fransuz rasmiylari bilan siyosatchilar, arman zo‘rovonligiga hech qanday e’tiroz bildirmas ekan, yurish uyushtirgan turklarning deport qilinishi kerakligi masalasini himoya qilgan.



Aloqador xabarlar