Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 31 mlndan oshdi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 969 ming 370 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 31 mln 490 ming 315 nafardan oshdi. 23 mln 119 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

1495037
Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 31 mlndan oshdi
İNGİLTERE SÜPER
fransa süper
ingiltere süper

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 969 ming 370 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 31 mln 490 ming 315 nafardan oshdi. 23 mln 119 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 204 ming 506 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlarning umumiy soni esa, 7 mln 46 ming 216 nafarni tashkil qilmoqda.

Prezident Donald Tramp COVID-19ga qarshi vaksina shu yilning oktyabr oyi o’rtalarida tayyor bo’lishini ma’lum qildi. “Bu yilning oxirida yoki undan ham ertaroq mukammal vaksinamiz tayyor bo’ladi. Pandemiyani kelgusi yil yo’q qilamiz”,-deb aytgan Tramp.

Bugungi kunda Braziliya koronavirusga chalinish va o‘limlar soni bo‘yicha dunyoda yetakchi davlatlardan biri. Mamlakatda so’nggi bir kunda 455 kishi virus qurboniga aylandi. Shu bilan virus qurbonlarining umumiy soni 137 ming 350 nafarga yetdi. Ayni vaqtda virusga chalinganlar soni 4 mln 560 ming 83 nafarni tashkil qilmoqda. Aholi soni 211 mlndan oshgan Braziliya koronavirusga chalinganlar soni bo’yicha AQSh va Hindistondan keyingi 3-davlatga aylandi.

Meksikada so’nggi bir kunda COVID-19 tufayli 204 kishi vafot etdi. Mamlakatda virus qurbonlarining umumiy soni 73 ming 697 nafarga yetdi. Ayni vaqtda mamlakatda virusga chalinganlar soni 2917 kishiga oshib, ularning umumiy soni 700 580 nafarni tashkil qilmoqda.

Yevropada virus o’chog’iga aylangan Buyuk Britaniyada koronavirusdan vafot etganlar soni 41 788 nafarni tashkil qilmoqda. Mamlakat bo’ylab koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 398 ming 625 nafarga yetdi.

Ispaniyada so’nggi bir haftada COVID-19 tufayli 311 kishi vafot etdi. Shu bilan mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 30 ming 663 nafarga yetdi. Sog’liqni saqlash vazirligi so’nggi uch kunda koronavirusga chalinish bilan bog’liq 31 428ta yangi holat aniqlanganligini ma’lum qildi. Mamlakat bo’ylab virusga chalinganlarning umumiy soni 671 ming 468 nafarni tashkil qilmoqda.

Ispaniyaning Madrid shahrida koronavirus tarqalish darajasi takror avj oldi. Shaharning asosan migrantlar yashaydigan mahallalarida virus tarqalganligi kuzatilmoqda. Mamlakatdagi 77 viloyatda sayohat cheklovi joriy etildi. Restoranlar va barlar faoliyati 50 foizga cheklandi. Parklar, istirohat bog’lari soat 22:00da yopiladi. Insonlar virus keng tarqalgan Madridga sayohat qilmaslikka chaqirilmoqda.

Portugaliyada so’nggi bir kunda 8 kishi virus qurboniga aylandi. Mamlakatda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 623ta yangi holat qayd etildi. Portugaliyada koronavirus qurbonlarining umumiy soni 1920 nafarni, kasallanganlar soni 69 ming 200 nafarni tashkil qilmoqda.

Avstraliyaning Viktoriya shtatida 3 kishi koronavirusdan vafot etdi. Mamlakat bo’ylab qurbonlar soni 854 nafarni tashkil qilmoqda. Virusga chalinganlar soni 26 ming 942 nafarni tashkil qilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar