Pokistondagi marmar konida ro'y bergan fojiada 16 ishchi halok bo'ldi

Tegishli vakillar ma'lum qilishicha, bu voqea Khyber Pakhtunkhwa viloyatiga qarashli Mohmand shaharchasida ro'y bergan. Voqea sodir bo'lgan vaqtda konda taxminan 30ta ishchi bo'lgan. Ular ko'chki tagida qolib ketishgan.

1486926
Pokistondagi marmar konida ro'y bergan fojiada 16 ishchi halok bo'ldi

 

Pokiston shimoli-g'arbida joylashgan marmar konida ko'chki ro'y berdi.

Ko'chki oqibatida 16 ishchi halok bo'ldi.

Tegishli vakillar ma'lum qilishicha, bu voqea Khyber Pakhtunkhwa viloyatiga qarashli Mohmand shaharchasida ro'y bergan. Voqea sodir bo'lgan vaqtda konda taxminan 30ta ishchi bo'lgan. Ular ko'chki tagida qolib ketishgan.

Qidiruv-qutqaruv operatsiyasida 16 ishchining jasadi ko'chki tagidan olib chiqilgan.

Ko'chki sabablari hozircha ma'lum emas. Hodisa yuzasidan tergov-surishtiruv harakati olib borilmoqda.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #fojia , #marmar koni , #Pokiston

Aloqador xabarlar