Xitoydagi ikki qavatli binoning cho‘kishi o‘nlab kishining umriga zomin bo‘ldi

Xitoyning Shansi provinsiyasida ikki qavatli binoning cho‘kishi o‘nlab kishining umriga zomin bo‘ldi.

1481285
Xitoydagi ikki qavatli binoning cho‘kishi o‘nlab kishining umriga zomin bo‘ldi

Xitoyning Shansi provinsiyasida ikki qavatli binoning cho‘kishi oqibatida kamida 13 kishi jon berdi.

Xitoyning milliy CCTV telekanali tarqatgan ma’lumotga ko‘ra poytaxt Pekinning 630 kilometr janubiy – g‘arbida joylashgan Shiangfen shahrida yuz bergan voqeada 30 kishi yiqilgan bino ostida qolgan. Ularning 4 nafarining ahvoli og‘ir.

Kamida 13 kishining umriga zomin bo‘lgan voqeada yuzlab xodim qidiruv va qutqaruv faoliyatlari yuritmoqda.

Binoning cho‘kish sababi esa hali hanuz noma’lum.


Tanlangan kalimalar: #Xitoy , #Shansi , #binoning cho‘kishi

Aloqador xabarlar