Afg’onistonning Qandahor viloyatida portlash sodir etildi

Qandahorning Spin Buldak tumanida yo’l chetiga joylashtirilgan ikkita bomba mashinalar o’tib ketayotgan paytda birin-ketin portlagan. Portlashda 13 nafar tinch aholi vakili halok bo’lgan.

1480959
Afg’onistonning Qandahor viloyatida portlash sodir etildi

 

Afg’oniston janubidagi Qandahor viloyatida ketma-ket portlash sodir etildi.

Portlash oqibatida 13 kishi halok bo’ldi.

Bu haqda Qandahor hokimligi xodimi Baxir Ahmadiy ma’lum qildi.

Uning so’zlariga ko’ra, Qandahorning Spin Buldak tumanida yo’l chetiga joylashtirilgan ikkita bomba mashinalar o’tib ketayotgan paytda birin-ketin portlagan. Portlashda 13 nafar tinch aholi vakili halok bo’lgan. Ular orasida yosh bolalar ham bor.

Portlashda 3 kishi jarohatlangan. Hozircha portlash uchun javobgarlikni hech bir terror guruhi zimmasiga olmagan.

 


Tanlangan kalimalar: #portlash , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar