Pokistonning Karachi shahridagi suv toshqinida 34 kishi halok bo'ldi

Sel va suv toshqinlaridan zarar ko'rgan hududlarda qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.

1480816
Pokistonning Karachi shahridagi suv toshqinida 34 kishi halok bo'ldi

 

Pokistonning Karachi shahrida so'nggi uch kunda kuchli yog'ingarchiliklar oqibatida suv toshqinlari ro'y berdi.

Mamlakatda tabiiy ofatlar tufayli 34 kishi halok bo'ldi.

Xalqaro News telekanali xabar berishicha, shaharning gavjum ko'chalari yog'ingarchiliklar tufayli suv ostida qolgan.

Tegishli vakillarning aytishicha, tabiiy ofatlar sababli yana 23 kishining halok bo'lishi bilan uch kunda qurbonlar soni 34 kishiga yetgan.

Sel va suv toshqinlaridan zarar ko'rgan hududlarda qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #suv toshqini , #sel , #Pokiston

Aloqador xabarlar