Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 830 mingdan oshdi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 830 197 nafardan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 24 mln 359 mingdan oshib ketdi. 16 mln 893 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

1479990
Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 830 mingdan oshdi
Süper Covid.jpg
Süper Covid-19.jpg
Süper Korona

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 830 197 nafardan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 24 mln 359 mingdan oshib ketdi. 16 mln 893 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 183 653 nafarga yetdi.  Virus bilan kasallanganlarning umumiy soni esa, 6 mlndan oshdi. AQShda tibbiy jihoz ishlab chiqargan bir firma koronavirusga qarshi test natijasini 15 daqiqada aniqlaydigan antijen testining sotish ruxsatini oldi.

Bugungi kunda Braziliya koronavirusga chalinish va o‘limlar soni bo‘yicha dunyoda AQShdan keyin 2-o‘rinni egallamoqda. Mamlakatda so’nggi bir kunda 85 kishi virus qurboniga aylandi. Mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 117 ming 756 nafarga yetdi. Ayni vaqtda virusga chalinganlar soni 3 mln 722 mingdan oshdi.

Meksikada so’nggi bir kunda COVID-19 tufayli 626 kishi vafot etdi. Mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 62 076 nafarga yetdi. Ayni vaqtda mamlakatda virusga chalinganlar soni 573 888 nafarni tashkil qilmoqda.

Ispaniyada so’nggi bir haftada COVID-19 tufayli 129 kishi vafot etdi. Shu bilan mamlakat bo’lgan koronavirus qurbonlarining umumiy soni 28 ming 971 nafarga yetdi. Sog’liqni saqlash vazirligi bir sutkada 7296 kishida koronavirusga chalinish holati aniqlanganligini ma’lum qildi. COVID-19 epidemiyasining tarqalish darajasi avj olgan shu kunlarda yangi o’quv yilining sentyabrda ochilishi e’tirozlarga sabab bo’ldi. O’qituvchilar va talabalar namoyish o’tkazishga qaror berdi.

Italiya koronavirusdan kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda hamon yetakchi davlatlardan biri. Mamlakatda koronavirusdan vafot etganlar soni so’nggi bir sutkada 13 nafarga oshib, ularning umumiy soni 35 458 nafarga yetdi. So’nggi bir kunda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 1367ta yangi holat qayd etildi. Ayni vaqtda virusdan kasallanganlarning umumiy soni 262 ming 540 nafarni tashkil qilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #COVID-19 , #koronavirus

Aloqador xabarlar