Yamandagi sel falokati 174 kishining umriga zomin bo‘ldi

Yamandagi og‘ir yog‘ingarchilik natijasida paydo bo‘lgan sel falokati, 174 kishining umriga zomin bo‘ldi.

1479291
Yamandagi sel falokati 174 kishining umriga zomin bo‘ldi

Yamanning shimolida 174 kishi jon bergan og‘ir yog‘ingarchilik natijasida paydo bo‘lgan sel falokati, 58 million dollarlik ziyon yetkazdi.

O‘lkaning yirik qismini nazorat ostida tutgan xusiylarga qarashli SABA agentligi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra Rayima shahar hokimi Faris al – Habbariy, shimoldagi sel falokati yo‘l ochgan ziyonning 35 milliard riya (58 million AQSh dollari) dan oshganini ifoda etgan.

Sel falokatining 500 dan ortiq uyning yiqilishi, qishloq xo‘jaligi yerlari, to‘g‘onlar va yo‘llarning buzilishiga yo‘l ochganini qayd etgan Habbariy, xalqaro tashkilotlardan bundan ziyon ko‘rgan aholi uchun yordam so‘ragan.


Tanlangan kalimalar: #Yaman , #sel falokati

Aloqador xabarlar