Dunyoda koronavirusdan bugungacha 16 milliondan ortiq kishi sog‘ayib ketdi

Dunyoda yangi turdagi koronavirusdan bugungacha 16 milliondan ortiq kishi sog‘ayib ketdi.

1478794
Dunyoda koronavirusdan bugungacha 16 milliondan ortiq kishi sog‘ayib ketdi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 817 ming 211, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 23 million 823 ming 400, sog‘ayib ketganlar soni esa 16 million 370 ming 120 nafarni ortda qoldirdi.

Pandemiyadan eng ko‘p ziyon ko‘rgan o‘lka Amerika Qo‘shma Shtatlarida (AQSh), Covid – 19 dan vafot etganlar soni 181 ming 114 nafar bo‘ldi. O‘ziga virus yuqitirb olgan kishilar soni 5 million 915 ming 630 nafar deb qayd etildi.

Covid – 19 pandemiyasdan eng ko‘p ziyon ko‘rgan ikkinchi o‘lka Braziliyada, oxirgi 24 soatda yana 565 kishining vafot etishi orqali o‘lim holati 115 ming 451 nafarni tashkil etdi. O‘lkadagi holat soni esa 3 million 627 ming 217.   

Meksikada oxirgi bir kunda pandemiyadan 320 kishi vafot etdi va Covid – 19 o‘lim holati soni 60 ming 800 nafarga yetdi. O‘lkada Covid – 19 holat soni 563 ming 705 nafar deb qayd etildi.

Pandemiyaning Yevropadagi epitsentri hisoblangan Britaniyada vafot etganlar soni 41 ming 433 nafarni tashkil etar ekan holat soni 326 ming 614 nafar deb qayd etildi.

Italiyada oxirgi 24 soatda Covid – 19 yuzasidan 4 kishi vafot etdi. Bu orqali Covid – 19 dan vafot etganlarning umumiy soni mamlakatda 35 ming 441 nafarga, yangi 953 holat bilan bemorlar soni 260 ming 298 nafarga chiqdi. O‘lkada oxirgi davrda ortish bo‘yicha kundalik holat sonining 1000 nafargan kam kuzatilishi e’tiborlarni o‘ziga tortdi.



Aloqador xabarlar