Dunyoda 800 ming nafarga yaqin kishi Covid – 19 qurboni bo‘ldi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 797 ming 271 nafar deb qayd etildi.

1476845
Dunyoda 800 ming nafarga yaqin kishi Covid – 19 qurboni bo‘ldi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 797 ming 271, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 22 million 874 ming 533, sog‘ayib ketganlar soni esa 15 million 527 ming 220 nafarni ortda qoldirdi.

Pandemiyadan eng ko‘p ziyon ko‘rgan o‘lka hisoblangan Amerika Qo‘shma Shtatlarida (AQSh) vafot etganlar soni 177 ming 426, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 5 million 746 ming 534 nafar. Mamlakatda keksalar yashagan qariyalar uyida vaziyat takror yomonlasha boshladi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra holat sonida katta o‘sish kuzatilgan. Holbuki AQShdagi qariyalar uyida Covid – 19 holati 31 – may kuni 9 ming 72 nafar deb qayd etilar ekan 21 – iyunga kelib bu raqam 5 ming 468 nafarga tushgandi. Ko‘p o‘tmay, 19 – iyul kuni esa holat sonining 8 ming 628 nafarga chiqqaniga e’tibor qaratildi.

Covid – 19 pandemiyasidan eng ko‘p ziyon ko‘rgan ikkinchi o‘lka Braziliyada virusdan oxirgi 24 soatda 1 ming 204 kishi vafot etdi. Bu orqali o‘lim holati soni 112 ming 423 nafarga yetdi. Mamlakatda holat soni ham 45 ming 323 nafarga ortgan holda 3 million 505 ming 97 nafarga chiqdi.

Meksikada oxirgi 24 soatda Covid – 19 dan vafot etganlar soni 625 nafarga ortgan holda 59 ming 106 nafar deb qayd etildi. O‘lkada Covid – 19 holati soni ham 6 ming 775 nafarga ortgan holda 543 ming 806 nafarga yetdi. 

Pandemiyaning Yevropadagi epitsentri hisoblangan Angliyada vafot etganlar soni 41 ming 403 nafarni tashkil etar ekan, holat soni esa 322 ming 380 nafar deb qayd etildi.

Virusdan vafot etganlar soni Italiyada 35 ming 418, Fransiyada 30 ming 480, Ispaniyada 28 ming 813 nafar bo‘ldi.

Kanadada Covid – 19 pandemiyasida oxirgi bir haftada 50 kishi vafot etdi. Mamlakatda o‘lim holati soni 9 ming 54 nafar bo‘ldi. Roppa – rosa 122 ming 376 Covid – 19 holati aniqlangan mamlakatda bu raqam oxirgi 24 soatda 3 ming 19 nafarga ortgan holda 125 ming 395 nafarga ko‘tarildi.



Aloqador xabarlar