Norvegiya rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yubordi

Chexiya ham shu yilning 6 iyunida rossiyalik ikki diplomatni, Slovakiya esa, 10 avgustda rossiyalik ikki diplomatni josuslikda gumon qilib “persona non grata” deb e’lon qilgandi va mamlakatdan chiqarib yuborgandi.

1475698
Norvegiya rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yubordi

 

Norvegiya hukumati mamlakatdagi Rossiya elchixonasida xizmat qilgan rus diplomatni deport qilishga qaror berdi.

Bu haqda Norvegiya tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

Bayonotda Norvegiyada xizmat qilgan rossiyalik diplomat Norvegiyadan chiqarib yuborilganligi ma’lum qilindi.

Vazirlik mavzu tafsilotiga aniqlik kiritmagan.

Biroq, avvalgi kuni bir Norvegiya fuqarosi josuslikda gumonlanganligi ortidan ushbu qarorning olinganligi diqqat jalb etmoqda.

Avvalroq, Norvegiya politsiyasi xavfsizlik xizmati qo’lga olingan ushbu shaxsning rossiyalik bir diplomatga davlat sirini yetkazib turganidan gumoh qilinayotganini ma’lum qilgandi. Ma’lumotga ko’ra, josuslikda ayblangan ushbu shaxs 15 avgust kuni Oslo shahrida qo‘lga olingan.

Eslatish joizki, Chexiya shu yilning 6 iyunida rossiyalik ikki diplomatni, Slovakiya esa, 10 avgustda rossiyalik ikki diplomatni josuslikda gumon qilib “persona non grata” deb e’lon qilgandi va mamlakatdan chiqarib yuborgandi.

 

 



Aloqador xabarlar