Malida harbiy isyon ortidan mamlakat prezidenti iste'foga chiqdi

Mali poytaxti Bamakoda kecha, 18 avgust kuni tongda boshlangan harbiy isyon ortidan hibsga olingan mamlakat prezidenti Ibrohim Bubakar Keyta o’z vazifasidan iste’fo etganligini ma’lum qildi.

1475508
Malida harbiy isyon ortidan mamlakat prezidenti iste'foga chiqdi

 

Mali poytaxti Bamakoda kecha, 18 avgust kuni tongda boshlangan harbiy isyon ortidan hibsga olingan mamlakat prezidenti Ibrohim Bubakar Keyta o’z vazifasidan iste’fo etganligini ma’lum qildi.

Poytaxtdan 15 kilometr masofadagi Kati bazasiga olib ketilgan prezident Keyta televideniye orqali xalqqa murojaat qilib, hokimiyatda qolish uchun qon to‘kilishini xohlamasligini ma'lum qilgan.

Qo’shinni tartibga solishda muvaffaqiyatsiz bo’lganini e’tirof etgan Keyta 10-12 iyulda ro’y bergan namoyishlarda qurbonlar yuzaga kelganidan pushaymon bo’lganini ma’lum qilgan.

“Men hokimiyatni saqlab qolish uchun qon to‘kilishini istamayman. Agar qurolli kuchlarimiz buni talab qilsa, boshqa choram yo’q”,-deb aytgan prezident Ibrohim Bubakar Keyta.

Eslatish joizki, mamlakatda 10 iyulda boshlangan namoyishlarda milliy radio va televideniye binosi qamal qilingandi, shahar yo’llari to’silgandi. Tartibsizliklarda 11 kishi halok bo’lgandi, 124 kishi jarohatlangandi.

Keyta o’shanda vaziyatni bostirish maqsadida Konstitutsion sudni tarqatgandi.

Mamlakatda may oyidan buyon davom etib kelgan prezidentga qarshi namoyishlar Konstitutsion sud tomonidan mart va aprel oyida o’tkazilgan 2 bosqichli saylov natijalari e’lon qilinar ekan, norasmiy natijalarga ko’ra saylana olmagan 31 vakilning g’alaba qozonganligi e’lon qilinishi bilan boshlangandi.

Mahalliy manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, prezident Ibrohim Bubakar Keyta mahalliy vaqt bilan soat 16:30da  harbiylar tomonidan Bamakodagi qarorgohidan olib chiqib ketilgan. Dastavval uning qayerga olib ketilgani noma’lum edi.

Shuningdek, prezident Keytaning o’g’li Karim Keyta va bosh vazir Bubu Sisse bilan bir necha vazirlar ham hibsga olingan.

Ma’lumotga ko’ra, hibsga olinganlar orasida parlament rahbari Mossa Timbine, iqtisodiyot va finans vaziri Abdoulaye Daffe va tashqi ishlar vaziri Tieble Drame ham bor.

Muxolif guruhlar kecha tongda Keyta iste’fo etmagunicha ortga qaytmasligini ma’lum qilgandi.

Eslatish joizki, 18 avgust seshanba tongida poytaxt Bamako yaqinidagi Kati harbiy bazasida harbiy isyon boshlandi. Poytaxtdan 15 kilometr masofadagi Kati bazasida isyon ko‘targan harbiylar rahbarlarni hibsga olgan va poytaxtga yurish qilishgan.

Isyonchilar harbiy lagerda nazoratni qo‘lga olishgach poytaxtga yurish qilgan. Ular prezident qarorgohini qamal qilib egallashgan. Qarorgohda bo‘lgan prezident va bosh vazir qo‘lga olingan. Shuningdek, bir qancha vazirlar, parlament rahbari va bir qator harbiy amaldorlar ham hibsga olingan. Isyonning aniq sababi ma'lum emas.

Ma'lumot uchun: Ibrohim Bubakar Keyta 2013 yili Mali prezidenti etib saylangandi. 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #harbiy isyon , #Ibrohim Bubakar Keyta , #Mali

Aloqador xabarlar