Belorusda Aleksandr Lukashenkoga qarshi namoyishlar davom etmoqda

Muxolifatga yaqin manbalarga ko’ra, poytaxt Minskdagi namoyishlarga 200 mingdan ortiq kishi qatnashdi.

1474270
Belorusda Aleksandr Lukashenkoga qarshi namoyishlar davom etmoqda

 

Belorusda prezidentlik saylovida Aleksandr Lukashenko g’alaba qozonishi ortidan boshlangan namoyishlar davom etmoqda.

Muxolifatga yaqin manbalarga ko’ra, poytaxt Minskdagi namoyishlarga 200 mingdan ortiq kishi qatnashdi.

Namoyishlarning sakkizinchi kuni Minskdagi Stella maydonida to’plangan namoyishchilar “Lukashenko git” deya hayqirishdi.

Ular hukumat binosi joylashgan Mustaqillik prospekti bo‘ylab yurib o‘tishdi.  

Namoyishchilar Mustaqillik maydonidagi hukumat binosi qarshisida yig‘ilishdi. Xavfsizlik kuchlari namoyishchilar qarshisida qalqonlarini pastga tushirdi.

Mustaqillik ko’chasida takror transport qatnovi yo’lga qo’yilishi bilan mashinalar ham signal chalib namoyishchilarni qo’llab-quvvatladi.

Mamlakatning boshqa turli shaharlarida ham Lukashenkoga qarshi namoyishlar bo’lib o’tmoqda.

Eslatma: 9 avgust kuni mamlakatda bo’lib o’tgan prezidentlik saylovida dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, prezident Aleksandr Lukashenko 80,01 foiz ovoz to‘plagan. Uning asosiy raqibi hisoblangan Svetlana Tixanovskaya 10,12 foiz ovozga ega bo‘ldi.


Tanlangan kalimalar: #namoyish , #Aleksandr Lukashenko , #Belorus

Aloqador xabarlar