Belarusda prezidentlik saylovi ortidan namoyishlar boshlandi

Saylovda amaldagi prezident Aleksandr Lukashenkoning takror g’alaba qozonishiga qarshi boshlangan namoyishlar to’rt kundir davom etmoqda.

1472342
Belarusda prezidentlik saylovi ortidan namoyishlar boshlandi

 

9 avgust kuni Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkazildi. Unda 80 foizdan ko‘proq ovoz olgan Aleksandr Lukashenko g‘alaba qozondi. 11 foizga yaqin ovoz olgan Svetlana Tixanovskaya ikkinchi bo‘ldi.

Saylovda amaldagi prezident Aleksandr Lukashenkoning takror g’alaba qozonishiga qarshi boshlangan namoyishlar to’rt kundir davom etmoqda.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari poytaxt Minsk markazidagi ba’zi ko‘chalarni o‘rab olgan. Atrof metall to‘siqlar bilan o‘ralgan.  Metro stansiyalari va savdo markazlari yopilgan.

Xavfsizlik kuchlari xodimlari shaharning markaziy ko’chalarida nazoratni kuchaytirgan. Vaqti-vaqti bilan namoyishchilar va xavfsizlik kuchlari o’rtasida to’qnashuvlar yuz bermoqda. Tartibsizliklarda ko’plab namoyishchilar qo’lga olingan.

Belarus-1 davlat telekanali namoyishlarda provokatorlik qilganlikda ayblab, ba’zi Rossiya va ukrainalik fuqarolarning tasvirini namoyish qilgan.

9 avgust kuni mamlakatda bo’lib o’tgan prezidentlik saylovida dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, prezident Aleksandr Lukashenko 80,08 foiz ovoz to‘plagan. Uning asosiy raqibi hisoblangan Svetlana Tixanovskaya 10,09 foiz ovozga ega bo‘ldi.



Aloqador xabarlar