Bag’dodda “Yashil hudud”ga raketa kelib tushdi

Bu haqda Iroq xavfsizlik xizmatidagi manbasiga tayanib, Al Sumaria News telekanali xabar berdi.

1467327
Bag’dodda “Yashil hudud”ga raketa kelib tushdi

 

Iroq poytaxti Bag’dodda o’ta qattiq qo’riqlanadigan “Yashil hudud”ga raketa kelib tushdi.

Bu haqda Iroq xavfsizlik xizmatidagi manbasiga tayanib, Al Sumaria News telekanali xabar berdi.

Xabarga ko’ra, hukumat idoralari joylashgan “Yashil hudud”ga katyusha raketasi otilgan.

Yashil hududda joylashgan raketa mudofaa tizimlari otilgan raketani urib tushirgan. Kuchli zarbalar ta’sirida hududda joylashgan AQSh elchixonasining ogohlantiruv signali chalingan.

Hukumat binolari va diplomatik vakolatxonalar joylashgan va o’ta qattiq qo’riqlanadigan Yashil hudud bundan avval ham juda ko’plab raketa zarbalariga uchragandi.


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #raketa , #yashil hudud , #Bag'dod

Aloqador xabarlar