Isroil, Covid-19 holati bo‘yicha aholi soniga nisbatan “eng yuqori ko‘rsatkichlar” qatorida

Isroil, Covid-19 holati bo‘yicha aholi soniga nisbatan “eng yuqori ko‘rsatkichlar” qatorida. Bu haqida Bosh vazir Binyamin Netenyahu aytib o‘tdi.

1466582
Isroil, Covid-19 holati bo‘yicha aholi soniga nisbatan “eng yuqori ko‘rsatkichlar” qatorida

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 698 ming 515, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 18 million 490 ming 278, sog‘ayib ketganlar soni esa 11 million 717 ming 689 nafarni ortda qoldirdi.

Hindistonda bugungacha Covid – 19 dan vafot etganlar soni 39 ming 81 nafar deb qayd etilar ekan holatning umumiy soni 1 million 864 ming 947 nafar bo‘ldi.

Bugungacha 17 ming 617 kishi vafot etgan Eronda 314 ming 786 kishi virusga chalindi.

Rossiyada oxirgi 24 soatda Covid – 19 dan vafot etganlar soni 144 nafarga ortgan holda 14 ming 351 nafarga chiqar ekan, 861 ming 824 kishi virusga chalindi.

Isroil Sog‘likni Saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra Covid – 19 tufayli 546 kishi vafot etdi. O‘ziga virus yuqtrib olganlar soni esa 74 ming 903 nafar deb qayd etildi. Bosh vazir Binyamin Netenyahu, o‘lkasining pandemiyada, holat soni jihatidan aholi soniga nisbatan “eng yuqori ko‘rsatkichlar” qatorida ekanligini belgilab o‘tgan holda, o‘lim holatining ortishi mumkinligi bo‘yicha xalqni ogohlantirdi.

Virusdan o‘lganlar soni: Pokistonda 5 ming 999, Bangladeshda 3 ming 184, Saudiya Arabistonida 2 ming 949.

Covid – 19 pandemiyasi yuzasidan oxirgi 24 soatda Xitoyda 36, Janubiy Koreyada yangi 34 holat kuzatildi.

Pandemiyadan bugungacha 896 kishi vafot etgan G‘arbiy Afrika o‘lkasi Nigeriyada Covid – 19 aniqlangan kishilar soni 44 ming 129 nafarga yetdi.



Aloqador xabarlar