Muqaddas tuproqlardagi hojilar, vido tavofini tamomladi

Muqaddas tuproqlardagi hojilar, oxirgi rukn hisoblangan vido tavofini tamomladi

1466322
Muqaddas tuproqlardagi hojilar, vido tavofini tamomladi

Muqaddas tuproqlardagi hojilar, oxirgi rukn hisoblangan vido tavofini tamomladi.

Saudiya Arabistonining rasmiy SPA axborot agentligi tomonidan tarqatilgan ma’lumotga ko‘ra, “shaytonga tosh otish” ortidan qariyb 10 ming hoji, haj rukunlaridan oxirgisi bo‘lgan vido tavofi uchun Mina shahridan yo‘lga chiqqan.

Ular ijtimoiy masofa bosh bo‘lish bilan birga yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasining yoyilishini oldini olish maqsadida ko‘rilgan chora va tadbirlarga amal qilib, vido tavofini bajargan.

Al – Haram va Nabaviy masjidi ishlari yetakchisi shuningdek Ka’ba imomi Shayx Abdurrahmon as – Sudays, bergan bayonotida, haj ibodatining muvaffaqiyatli ravishda tamomlanganini qayd etdi.   

Sudays, hojilar soni va ularning sog‘ligi haqida ma’lumot bermadi.

Saudiya Arabistoni Sog‘likni Saqlash vazirligi ham, haj rukunlari amalga oshirilgan mintaqalarda Covid – 19 holati kuzatilmaganini ma’lum qildi.

Muqaddas turpoqlardagi musulmonlar, juma kuni ziyorat tavofi va sa’y ado etib hoji bo‘lgandilar.

Saudiya Arabistoni Haj va umra ishlari vazirligi, pandemiya tufayli bu yil haj ibodatining faqatgina yurttoshlari bilan cheklashini, chet eldan ziyoratchi qabul qilmoqchi emasligini ma’lum qilgandi. Shu bois ham avvallari 2.5 millionga yetgan ziyoratchilar soni bu yil 10 ming kishi bilan cheklanishi aytilmoqda.

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar