Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 17 mlnga yaqinlashdi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 663 000dan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 16 mln 899 ming 700dan oshib ketdi. 10 mln 463 mingga yaqin bemor sog’aydi.

1463740
Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 17 mlnga yaqinlashdi
Süper Covid.jpg
süper covid19.jpg
SÜPER FOTO KORONA YENİ NORMAL.2.jpg

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 663 000dan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 16 mln 899 ming 700dan oshib ketdi. 10 mln 463 mingga yaqin bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 152 320 nafarni tashkil qilmoqda. Virus bilan kasallanganlarning umumiy soni esa, 4 mln 498 ming 343 nafarga yetdi.

Bugungi kunda Braziliya koronavirusga chalinish va o‘limlar soni bo‘yicha dunyoda AQShdan keyin 2-o‘rinni egallamoqda. Mamlakatda so’nggi bir kunda 921 kishi virus qurboniga aylandi. Ularning umumiy soni 88 ming 634 nafarni tashkil qilmoqda. Ayni vaqtda virusga chalinganlar soni 2 mln 484 ming 649 nafarga yetdi.

Meksikada so’nggi bir kunda COVID-19 tufayli 854 kishi vafot etdi. Shu bilan mamlakat bo’ylab virus qurbonlarining umumiy soni 44 876 nafarga yetdi. Ayni vaqtda mamlakatda virusga chalinganlar soni 7208 kishiga oshib, ularning umumiy soni 402 697 nafarni tashkil qilmoqda.

Yevropada virus o’chog’iga aylangan Buyuk Britaniyada koronavirusdan vafot etganlar soni 45 878 nafarni tashkil qilmoqda. Ayni vaqtda koronavirusga chalinganlar soni 300 ming 692 nafarga yetdi.

Italiya koronavirusdan kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda hamon yetakchi davlatlardan biri. Mamlakatda koronavirusdan vafot etganlar soni so’nggi bir sutkada 11 nafarga oshib, ularning umumiy soni 35 123 nafarga yetdi. So’nggi bir kunda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 181ta yangi holat qayd etildi. Ayni vaqtda virusdan kasallanganlarning umumiy soni 12 609 nafarni tashkil qilmoqda.

Ispaniyada so’nggi bir hafta ichida 6 kishi virus tufayli vafot etdi. Shu kungacha mamlakat bo’ylab 28 ming 436 kishi virus qurboniga aylandi. So’nggi bir kunda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 905ta yangi holat qayd etildi. Ayni vaqtda mamlakatda virusga chalinganlarning umumiy soni 280 610 nafarni tashkil qilmoqda.

Portugaliyada so’nggi bir kunda COVID-19 tufayli 3 kishi vafot etdi. Shu bilan virus qurbonlarining umumiy soni 1722 nafarga yetdi. So’nggi bir kunda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 11ta yangi holat qayd etildi. Ayni vaqtda mamlakatda virusga chalinganlarning umumiy soni 50 410 nafarni tashkil qilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar