Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 15 mlnga yaqinlashdi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 613 353 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 14 mln 859 mingni tashkil qilmoqda. 8 mln 911 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

1458960
Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 15 mlnga yaqinlashdi
Süper Covid-19.jpg
süper slide corona dogu.jpg
KORONA SÜPER

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 613 353 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 14 mln 859 mingni tashkil qilmoqda. 8 mln 911 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 143 834 nafarni tashkil qilmoqda. Virus bilan kasallanganlarning umumiy soni esa, 3 mln 961 mingga yetdi.

Bugungi kunda Braziliya koronavirusga chalinish va o‘limlar soni bo‘yicha dunyoda AQShdan keyin 2-o‘rinni egallamoqda. Mamlakatda virus qurbonlarining umumiy soni 80 251 nafarni tashkil qilmoqda. Ayni vaqtda virusga chalinganlar soni 2 mln 121 mingdan oshdi. Ular orasida ikki vazir ham bor.

Fuqarolik vaziri Onyx Lorenzoni twitterda “Payshanba kuni o’zimda COVID-19 alomatlarini seza boshladim. Juma kuni test qildirdim va natijasi ijobiy chiqdi”,-deb ma’lum qildi.

Bundan tashqari, Ta’lim vaziri Milton Ribeiro ham koronavirusga qarshi test natijasi ijobiy chiqqanini, hozirda davolanayotganini ma’lum qildi.

Meksikada COVID-19 tufayli vafot etganlar soni 39 485 nafarga yetdi. Ayni vaqtda mamlakatda virusga chalinganlar soni 349 396 nafarni tashkil qilmoqda.

Fransiyada so’nggi uch kunda COVID-19 tufayli 25 nafar bemor vafot etdi. Mamlakat bo’ylab shu kungacha COVID-19 pandemiyasi tufayli vafot etganlar soni 30 177 nafarni tashkil qilmoqda. So’nggi bir kunda koronavirusga chalinish bilan bog’liq 350ta yangi holat qayd etildi. Shu bilan mamlakatda virusga chalinganlarning umumiy soni 208 328 nafarga oshdi. Fransiyada kechadan boshlan xalqqa ochiq maydonlarda niqob taqish majburiy bo’ldi. Bunga amal qilmaganlar 135 yevro jarima to’laydi.

Dominikan Respublikasida koronavirusdan vafot etganlar soni 12 nafarni tashkil qilmoqda. Biroq, virusning tarqalish darajasi kundan kunga ortib bormoqda. So’nggi bir kunda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 1101 ta yangi holat qayd etildi. Ayni vaqtda virusga chalinganlarning umumiy soni 53 956 nafarni tashkil qilmoqda. 45 kun muddatga karantin joriy etilgan mamlakatda ba’zi soatlar oralig’ida komendantlik soati joriy etildi. Xalqqa ochiq maydonlarda niqob taqish majburiy bo’ldi. Niqob taqmaganlar jarimaga tortiladi.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar